JCh-2018. Rossiya – Misr o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Foto: TASS
Jahon chempionati 1-turning so‘nggi 2ta hamda 2-turning 1ta o‘yini uchun hakamlar tayinlandi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma'lum qildi.
Kolumbiya hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni sloveniyalik Damir Skomina boshqaradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda Yure Praprotnik va Robert Vukan yordam bersa, jazoirlik Mehdi Obid Sharif zaxira hakami etib tayinlangan.
Baxraynlik Shukralla Navaf Polsha hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi 1-turning so‘nggi o‘yinini boshqaradi. Unga qanotlarda Abdulla Tulefat Yosir hamda Al Marri Tolib yordamlashadi. Zaxiradagi hakam sifatida Abdulrahmon Al Jassim tayinlangan.
Rossiya hamda Misr terma jamoalari o‘rtasidagi 2-turdan o‘rin olgan ilk o‘yinni paragvaylik Enrike Kaseres boshqaradi. Unga Eduardo Kardoza hamda Xuan Zorrilla yordam beradi. Junayt Chaqir zaxiradagi hakam sifatida tayinlangan.
Ushbu uchrashuvlar 19 iyun kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin

08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi

12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi

01:41 / 25.09.2018