2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 749 mingta avtomobil bor. Bundan «Avtostat» ma'lumotlari darak beryapti.
Rossiyada hammasi bo‘lib 42 milliondan ziyod yengil avtomobil mavjud. Shu tariqa, undagi O‘zbekistonning ulushi 1,5 foizdan bir oz ko‘proqni tashkil etadi.
O‘zbekiston Rossiyaga Fransiya (725 000), Ukraina (473 000), AQSh (432 000) va Chexiyadan (429 000) ko‘ra ko‘proq avtomobil sotdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Rossiyada 5 oyda qancha avtomobil sotgani ma'lum bo‘lgandi.