Davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi tartibga solinadi

Iqtisodiyot 19:21 / 18.06.2018 10302

Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarini joylashtirish, muomalada bo‘lishi va to‘lovining amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e'lon qilindi. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, deb yozmoqda Norma.
 
Davlat qimmatli qog‘ozlari (keyingi o‘rinlarda – DQQ) – Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan davlat g‘azna majburiyatlari va davlat g‘azna obligatsiyalari. 
 
Hujjatda DQQ qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o‘rtacha muddatli (besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi hamda tijorat banklari va yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari orasida joylashtirilishi nazarda tutiladi.
 
DQQning nominal qiymati - 1000 (bir ming) so‘m.
 
Nizomda quyidagi normalar nazarda tutiladi:

• chiqarilishi va joylashtirilishi tartibi;
• DQQning ikkilamchi bozorda muomalada bo‘lish tartibi;
• DQQga doir bitimlar bo‘yicha pul o‘tkazmalari va hisob-kitoblar tartibi;
• foizli daromadlarni to‘lash tartibi;
• DQQni saqlash va ularga bo‘lgan huquqni hisobga olish tartibi;
• DQQ to‘lovining amalga oshirilishi tartibi;
• Markaziy bankning DQQ bozoridagi vakolatlari;
• DQQ bozoridagi axborotlarni oshkor qilish;
• nizolarni ko‘rib chiqish tartibi.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: