Xitoy AQSh mahsulotlariga javob bojlari kiritmoqchi – Bloomberg

Iqtisodiyot 00:47 / 16.06.2018 7352

Xitoy hukumati 6 iyuldan AQShning bir qator mahsulotlariga javob bojlari kiritadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi. 

15 iyunda Oq uy AQSh Xitoydan import qilinuvchi 50 mlrd dollarlik mahsulotlarga 25 foizlik boj to‘lovini kiritmoqchiligini e'lon qildi. Bu bojlar aerokoinot sanoati, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi, robototexnika, sanoat qurilmalari, yangi materiallar va avtomobilsozlik sohalarini qamrab oladi.

Xitoy tijorat vazirligi AQShning bu qaroriga norozilik bildirgan va bunday xatti-harakatlarga “kuchli qarshilik” ko‘rsatilishi va ko‘lami bo‘yicha AQShnikiga teng choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: