Lenovo kompaniyasi ThinkPad P52 o‘ta kuchli noutbukini taqdim etdi. U virtual reallikka mo‘ljallangan. Yangilikning eng o‘ziga xos jihati undagi operativ xotira hajmidir - 128 GB. Bu haqda SlashGear yozmoqda.
Noutbuk diagonali 15,6 dyuym bo‘lgan displeyga ega. Shu bilan birga, top modeldagi kenglik - 4K. Qurilmaga Intel Xeon sakkiz yadroli protsessorning so‘nggi avlodi va NVIDIA Quadro P3200 videokartasi asos qilib olindi.
Shuningdek, yangilik barmoq izlari skaneri va yoritgichli klaviatura bilan jihozlangan.
Noutbuk joriy yilning iyun oyi oxirlarida sotuvga chiqishi kerak. Hozircha uning narxi oshkor etilmayapti.