Xitoy AQShga qarshi bojlar joriy etilishini ma'lum qildi

Iqtisodiyot 19:02 / 15.06.2018 6699

Xitoy hukumati AQSh mahsulotlariga bojlar joriy etadi. Bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan Xitoy tovarlariga import bojlari kiritilishiga javoban yuz beradi, deyiladi XXR Tijorat vazirligi bayonotida.

«Biz hajm bo‘yicha simmetrik va xuddi ulardagi kabi bojlar joriy etish bo‘yicha choralarni darhol ko‘ramiz», - deyiladi Xitoy Tijorat vazirligi bayonotida.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan bo‘lgan tovarlarga 50 mlrd dollarlik bojlar joriy etilishini ma'qullagandi. Tasdiqlangan ro‘yxatdan bo‘lgan tovarlarga 25 foizlik soliq solinadi. Biroq, hozirgi vaqtda bojlar aynan qachondan kuchga kirishi noma'lum bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: