Rossiyada G7’ga kirishga deyarli imkon yo‘q - USA Today

Jahon 19:17 / 13.06.2018 10418

Rossiya Xitoy, Hindiston yoki Braziliyaga qaraganda, «katta yettilikka» kirishga kamroq imkoniyatlarga ega, deb yozmoqda USA Today.

Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya iqtisodiyotlari taqqoslansa, Moskva ularning YaIM fonida G7’ga a'zo bo‘lishga da'vogarlik qilish uchun kam imkoniyatga ega. Nashr Rossiyaning G7’ga kiritilishi qarorini «katta ambitsiyaga ega» deb atagan. Bundan tashqari, Rossiya jahondagi eng yirik o‘nta iqtisodiyot orasiga kirmaydi. Shuningdek, mamlakat «korrupsiyalashgan kapitalistik iqtisodiyot va liberal bo‘lmagan demokratiyaga ega», deb yozadi USA Today.

Rossiya «katta sakkizlik» xalqaro shakliga 1997 yilda qo‘shilgan, uning kiritilishi siyosiy va iqtisodiy islohotlarga umid bilan kechgan. Masalan, Bill Klinton ma'muriyati Rossiyani shu shaklga taklif etish tarafdori bo‘lgan bo‘lib, tug‘ilayotgan demokratiyani mustahkamlash hamda Boris Yeltsin rahbarligi vaqtida erkin bozorni faollashtirishga umid qilgan. Biroq, Qrim Rossiya tarkibiga 2014 yilda qo‘shib olingach, u xalqaro shakldagi uchrashuvlarida qatnashmay qo‘ydi.

USA Today’ning fikricha, hattoki Ukrainada 2014 yilda yuz bergan hodisalar e'tiborga olinmasa ham, Rossiya G7’ga kirishga baribir juda kam imkoniyatlarga egadir. «Katta yettilikka» kiritilish bo‘yicha yagona variantga Rossiya hukumatining «demokratik hukumat va ochiq iqtisodiyotni» xohlashi aylanishi mumkin, bu esa ayni damda kuzatilmayapti, deb xulosa qiladi USA Today.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Britaniyaga Rossiya tajovuzkorligiga qarshi kurashish bo‘yicha taklif bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: