Namoyishchilar Gruziyada ham bosh vazirni iste'foga chiqishga majbur qilishdi

Jahon 20:27 / 13.06.2018 11726

«Men har bir fuqaro uchun bosh vazir bo‘lishga harakat qildim… Men jamoa o‘yinchisi edim. Men jamoaning kayfiyatidan kelib chiqqan holda mening o‘rnimda har bir rahbar qabul qiladigan qarorni qabul qildim. Men bugun o‘z lavozimimni bo‘sh qoldiraman», — deya uning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

U bilan birgalikda mamlakat hukumati rahbariyati iste'foga ketadi. Kvirikashvili 2015 yil dekabridan ushbu lavozimda edi.

Qayd etish kerakki, bosh vazirning iste'fosi Gruziyada may oyi oxirida boshlangan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq. Namoyishchilar 2017 yil dekabrida o‘ldirilgan 16 yoshli o‘smir ishi bo‘yicha adolat talab qilib ko‘chalarga chiqishgandi. Namoyishchilarning ma'lum qilishicha, qotillikni tergov qilish obektiv bo‘lmagan, prokuratura esa voqea ishtirokchilaridan birining yonini olmoqda, u mahkama sobiq xodimi o‘g‘li ekani aytiladi.

«Sputnik Gruziya» xabariga ko‘ra, ayni vaqtda «Gruzinskaya mechta — demokraticheskaya Gruziya» partiyasi deputatlari uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Uchrashuvda mamlakatning eng badavlat kishisi, sobiq bosh vazir — Bidzin Ivanishvili ham hozir bo‘lgan, u biroz avvalroq siyosatga qaytgandi va «Gruzinskaya mechta» partiyasiga rahbarlik qila boshlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: