O‘zbekiston va Belarus qandolat mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Foto: Sputnik
Belarus va O‘zbekiston qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi TA Belta.
Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Belarusda tashrif bilan bo‘lib turibdi. U yerda respublika Kengashi raisi Mixail Myasnikovich bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
Xabar qilinishicha, tomonlar qandolat sanoati sohasida, xususan, litsenziyalangan ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilmoqdalar.
Belarus tomondan loyihada XX asr boshlarida tashkil etilgan, mamlakatdagi eng yirik qandolat fabrikalaridan biri bo‘lgan «Kommunarka» ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nig‘matulla Yo‘ldoshev Belarusga borishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

12:50 / 12.12.2024
Qandolatchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyoz muddati uzaytiriladi

19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

18:41 / 16.08.2024