Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda keng ko‘lamli kompleks maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilishi belgilangan kompleks maxsus profilaktik tadbiri yuzasidan Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokraturasi va “Janubi g‘arb” taktik guruh xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda mazkur tashkilotlardan jami 400 nafarga yaqin xodim ishtirok etdi.
Kompleks tadbir davomida Chiroqchi tumani, Qahramon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Tajiyev Nurali Jomgirovich Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida otasidan qolgan bir dona, bir nilli, 16 kalibrli 1959 yilda ishlab chiqarilgan “IJK” rusumli ov qurolini topib olganini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, mazkur tumanning “Zarbdor” MFY, Ravot qishlog‘ida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, muqaddam sudlanmagan Yarmatova Musallam Bozorovnaning yashash joyi va hovlisi ko‘zdan kechirilganida tarkibida giyohvand modda bo‘lmish “Kannabis” o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yarmatova Musallam Bozorovnaga nisbatan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Xuddi shu jinoyat aynan mana shu qishloqda yashovchi Saydullayev Abdiqosim Mahammadiyevich tomonidan ham amalga oshirilgan va bu fuqaroga ham JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu kompleks tadbir davom etmoqda.
Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus xizmat: Germaniyada Rossiyaning josuslik urinishlari ko‘paydi
Jahon | 07:24
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
Mavzuga oid

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025