O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Germaniyada Jahon rekordini yangilashdi

Sport 18:43 / 11.06.2018 15522

Joriy yilning 7-11 iyun kunlari Germaniyaning Berlin shahrida paralimpiyaning suzish sport turi bo‘yicha Jahon seriyasi turkumiga kiruvchi Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 67ta davlatdan 592 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 5 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashishdi.

Foto: O‘zbekiston Paralimpiada assotsiatsiyasi

O‘zbekistonlik sportchilar ushbu nufuzli chempionatda 2ta oltin, 2ta kumush va 6ta bronza, jami 10ta medalni qo‘lga kiritib, 2ta jahon va 7ta Osiyo rekordini yangilashdi.

Jumladan:

Islom Aslanov

50 m. krol 00:23.42 - oltin, Osiyo rekordi.

100 m krol 00:51.98 - oltin, Osiyo rekordi.

50 m batterflyay 00:24.92 - bronza, Osiyo rekordi.

100 batterflyay 00:56.15 - bronza, Osiyo rekordi.

Dmitriy Xorlin

800 m erkin 08:38,12 - kumush, Jahon rekordi.

200 m. kompleks 02:17.95 - bronza, Osiyo rekordi.

Muzaffar Tursunxo‘jayev

200 m batterflyay 02:17.11 - bronza, Osiyo rekordi.

50 m krol 00:23.79 – bronza.

Firdavsbek Musabekov

50 m brass 00:29.60 - kumush, Jahon rekordi.

200 m brass 02:30.29 - bronza, Osiyo rekordi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45da Frankfurt-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib keladi.

Foto: O‘zbekiston Paralimpiada assotsiatsiyasi
Ko‘proq yangiliklar: