Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov ShHT bosh kotibligiga tasdiqlandi

Foto: uzdaily
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi. Bu haqda Tsindaoda o‘tkazilgan ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng e'lon qilindi.
O‘zbekiston vakili bu lavozimda Tojikiston vakili Rashid Alimov o‘rnini egallaydi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi. Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlandi», – deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Norov 2019 yil 1 yanvaridan 2021 yil 31 dekabriga qadar ShHT bosh kotibi bo‘ladi.
1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan Vladimir Norov 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.
U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan (1998—2003 yillarda — O‘zbekistonning Germaniyadagi, o‘rindoshlik asosida – Polsha va Shveytsariyadagi elchisi. 2005—2006 yillarda — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2013 yil 27 avgustdan — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2014 yilning 2 dekabridan O‘zbekistonning Lyuksemburgdagi elchisi).
U 2017 yil mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06
-
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi
Fan-texnika | 17:31
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
Mavzuga oid

15:27 / 21.06.2023
Vladimir Norov pensiyaga chiqdi

20:49 / 10.01.2023
Vladimir Norovning yangi ish joyi ma’lum qilindi

13:46 / 30.12.2022
Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

15:10 / 27.12.2022