Instagram’da yangi shakldagi videoroliklar paydo bo‘ladi

Fan-texnika 16:31 / 06.06.2018 4734

Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari davomiyligi 60 daqiqani tashkil qilishi mumkin bo‘lgan videoyozuvlarni yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbalarga asosan yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, avvaliga gap vertikal videoyozuvlar uchun yangilik joriy etish haqida ketgan, biroq Instagram rahbarlari yaqinda bir nechta yig‘ilish o‘tkazib, unda uzoq videolar shaklini yaratish masalasi haqida so‘z yuritishgan. Erishilgan kelishuvlar haqida batafsil ma'lumot keltirilmagan. 

Hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari davomiyligi 60 soniya, shuningdek, Stories uchun 15 soniya bo‘lgan roliklarni yuklashi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: