“O‘zeltexsanoat” 731,2 mlrd so‘mlik loyihalarni amalga oshiradi

Iqtisodiyot 21:17 / 04.06.2018 3643

“O‘zeltexsanoat” AK umumiy qiymati 731,2 mlrd. so‘m bo‘lgan 43 ta yangi loyihani amalga oshiradi. Yangi investitsion loyihalar 2018-2021 yillarda hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishi belgilangan. Milliy matbuot markazida bo‘lib matbuot anjumanida “O‘zeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi v.b. Alisher Abdullayev shu haqda ma'lum qildi.

Foto: O‘zeltexsanoat

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali joylarda 1 547 yangi ish o‘rni yaratiladi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda “Kardar” MChJ tomonidan elektr saqlovchi shkaflar, isitish qozonlari, metall radiatorlar, “Titan” DSZ tomonidan yarim avtomat kir yuvish mashinalari ishlab chiqariladi. Samarqand viloyatida “SAMFERRE” XK tomonidan muzlatgich, sovutgich va gaz plitalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

Foto: O‘zeltexsanoat
Foto: O‘zeltexsanoat

Bundan tashqari, xalqaro hamkorlikni samarali tashkil borasida ham unumli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda jahonga mashhur brendlar bilan turli yo‘nalishlarda anglashuv memorandumlari, ikki tomonlama kelishuv shartnomalari imzolangan. Janubiy Koreyaning “Kiturami” kompaniyasi, Xitoyning “Haier Group”, Turkiya Respublikasining “Odul Madeni” kompaniyalari bilan maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida qator loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: