O‘zbekistonda dollar kursi 7 950 so‘mdan, yevro - 9 300 so‘mdan pastga tushib ketdi

Iqtisodiyot 17:40 / 04.06.2018 21130

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 5 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 38,18 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 7944 so‘mu 07 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Shu tariqa, Amerika valyutasi kursi uch haftadan beri 8000 so‘mdan pastda turibdi - o‘tgan haftada dollar birinchi marta 7982 so‘mga tushib ketgandi.

Yevro kursi esa 36,53 so‘mga tushib, 9262,79 so‘mni tashkil qilgan.

1 Rossiya rubli kursi 0,16 so‘mga qimmatlashib 127,73 so‘mga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: