«O‘zavtosanoat» import o‘rnini bosish uchun kompaniyalar qidirishni boshladi

Iqtisodiyot 12:40 / 04.06.2018 25467

«O‘zavtosanoat» import o‘rnini bosadigan korxonalarni izlashni boshladi. Bu haqdagi tegishli e'lon Iqtisodiyot vazirligining saytida joylashtirildi. 

«Importni qisqartirish va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliy tadbirkorlardan sotib olish maqsadida, «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan yengil avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslarning turli modifikatsiyalari uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar to‘g‘risida ma'lumotlarni imkon qadar qisqa muddatlarda berish so‘ralgan», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Umidjon Salimov kompaniya avtomobilsozlik sanoatini qayta tashkil etishni boshlagani, O‘zbekistonda yengil avtomobillarning boshqa ishlab chiqaruvchilari paydo bo‘lishini xabar qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: