Xitoy 2025 yilga borib Xaynan orolida erkin savdo zonasini yaratadi

Iqtisodiyot 17:44 / 04.06.2018 3374

Xaynan orol provinsiyasi (Janubiy Xitoy) hukumati 2025 yilga borib Xaykou shahrida erkin savdo zonasini yaratish haqida e'lon qildi. "Sinxua" agentligi dushanba kuni shu haqida xabar berdi

Ta'kidlanishicha, 300 kv. km'li yangi Tszyandun tumani shaharning sharqiy qirg‘og‘ida joylashadi. Uning hududida milliy qo‘riqxonasi bo‘lgan ekologik zona, shuningdek sanoat va shahar obektlari kompleksi bo‘ladi.

Rivojlanish va islohotlar bo‘yicha provinsiya qo‘mitasi rahbari Fu Syuanchaoning so‘zlariga ko‘ra, "yangi tuman qurilishida asosiy faza yetti yil davomida tugallanadi".

Joriy yilning aprelida XXR hukumati "islohotlar va ochiqlik siyosatini amalga oshirishda yangi qadam sifatida erkin savdo portlari tarmog‘i"ni yaratish rejasi haqida e'lon qilgandi. Yangi portlar quriladigan joylardan biri sifatida Xaynan tanlangan.

Orolning ochiqligini oshirish tashabbusi targ‘iboti doirasida mahalliy ma'muriyat xorijdan kelayotganlar uchun viza olish shartlarining o‘zgargani haqida e'lon qildi. Shu yilning 1 mayidan 59 mamlakat fuqarolariga nisbatan vizasiz rejim joriy qilingan, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh va boshqalar shular jumlasidandir.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2013 yildan boshlab Xitoy butun mamlakat bo‘ylab 11 erkin savdo zonasini ta'sis etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: