AQSh savdo vaziri Xitoyga keldi, jiddiy muzokaralar kutilyapti

Iqtisodiyot 11:03 / 02.06.2018 4895

AQSh savdo vaziri Uilbur Ross boshchiligidagi delegatsiya Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo masalalarini muhokama qilish uchun Pekinga keldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Xususan, u Xitoyning Amerikada ishlab chiqarilgan ko‘proq tovarlarni xarid qilish bo‘yicha va'dasini muhokama etmoqchi. Shu tariqa, Pekin mamlakatlar o‘rtasidagi savdo disbalansini yo‘q qilmoqchi.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, garchi Pekin Vashingtonga tovarlarning ko‘plab turlari bo‘yicha yon bosishga tayyor bo‘lsa-da, texnologik ishlanmalar sohasida u AQSh bilan raqobatni davom ettirmoqchi.

Ekspertlarning taxminicha, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Kanada, Meksika va Yevropa ittifoqidan po‘lat hamda alyuminiy importiga boj joriy etish haqidagi yaqinda qabul qilingan qaror, Rossning muzokaralardagi holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy qariyb bir yarim mingta tovarga import bojlarini pasaytirishi xabar berilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: