O‘zbekiston Qirg‘izistonda avtomobillar yig‘ishga, Qozog‘istonda ishlab chiqarishni kengaytirishiga tayyorlanmoqda

Iqtisodiyot 11:34 / 01.06.2018 19116

«O‘zavtosanoat» Qirg‘izistonda o‘z avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda va Qozog‘iston hududida ishlab chiqarishni kengaytirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya ta'kidladi kompaniya boshqaruvi raisi Umidjon Salimov. 

«Bu masala (avtomobillar yig‘ilishi) Qirg‘iziston bilan muhokama qilinmoqda», - deya izohladi Salimov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston O‘zbekiston avtosanoati uchun ustuvor bozorlardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi qo‘shni mamlakatda to‘rt marotaba bo‘ldi, Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi bilan loyihani iqtisodiy baholash davom etmoqda.

Ushbu bosqichda ishlab chiqarish uchun ikkita lokatsiya ko‘rib chiqilmoqda. Avtosanoat rahbarining fikricha, katta ehtimol bilan O‘zbekiston bilan chegaradagi O‘sh shahri tanlanadi.

«O‘sh biz uchun ancha tejamkor, chunki u zavoddan deyarli ikki soatlik yo‘lda joylashgan. Ikkinchi platforma poytaxtda ko‘rib chiqilmoqda. Agar iqtisodiy hisob-kitoblar loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatsa, biz O‘sh shahrini tanlaymiz», - deya ta'kidladi «O‘zavtosanoat» rahbari. 

Qozog‘istondagi mavjud ishlab chiqarishga kelinsa, u yerda qator uchta avtomobil modeliga kengaytiriladi. «Hozir biz Cobalt va Spark yig‘ishni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz», - dedi Salimov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobillarni sotish tizimi o‘zgartirilishi, u mijozlarga avtomobilni sotib olish kunida olishga imkon berishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: