Xitoy qariyb bir yarim mingta tovarga import bojlarini pasaytiradi 

Iqtisodiyot 10:00 / 01.06.2018 3545

Xitoy hukumati 1 iyuldan 1,4 ming xalq iste'moli tovarlariga import bojlarini pasaytirishga qaror qildi. Tariflarning o‘rtacha darajasi 15,5%dan 6,9%gacha kamayadi, deyiladi XXR davlat kengashi tomonidan e'lon qilingan hujjatda.

Pasayish JST standartlari bo‘yicha savdoda eng yaxshi sharoit taqdim etish (MFN), deya nomlanuvchi rejim doirasida keng iste'moldagi tovarlarga aloqador bo‘ladi. Bundan tashqari, MFN uchun 210ta tovarga vaqtinchalik tariflar bekor qilinadi.

Xabar qilinishicha, bojlar pasayishi Xitoyning ochiqlik siyosatini ilgari surish va Pekin tomonidan va'da qilingan, Xitoy bozoriga xorijiy tovarlarning kirishiga yengilliklar berish bo‘yicha choralardan biri hisoblanadi.

Kutilishicha, kiyim-kechak, bosh kiyimlari, oshxona jihozlari, sport tovarlariga o‘rtacha tarif stavkasi 15,9%dan 7,1%ga, maishiy texnika, xususan, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlarga - 20,5%dan 8%ga, maishiy kimyo hamda kosmetikaga bojlar 8,4%dan 2,9%gacha pasaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etilishini ma'lum qilgandi

Ko‘proq yangiliklar: