Boks. Rossiyadagi musobaqada yetti bokschimiz finalda

Sport 11:28 / 30.05.2018 30638

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha xalqaro «Gubernator kubogi» bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘n nafar bokschimiz final jangini o‘tkazishi haqida ma'lum qilingandi

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berishicha, yarim final yakunlariga ko‘ra, yetti nafar o‘zbekistonlik bokschi hal qiluvchi janglarga yo‘llanma oldi. E'tiborlisi, -56 kg vazn toifasida ikki bokschimiz oltin medal uchun o‘zaro hisob-kitob qilib oladilar.

Unga ko‘ra, bokschilarimiz finalda quyidagi raqiblarga qarshi jang qiladilar:

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)
-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)

Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar musobaqaning bronza medali bilan kifoyalanishdi. Final bellashuvlari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: