Audi ilk elektr krossoveri haqida ma'lumot berdi

Fan-texnika 21:27 / 30.05.2018 6440

Audi kompaniyasi E-Tron deb nomlangan o‘zining ilk elektr krossoverining suratlarini e'lon qildi va u haqidagi ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, krossover aerodinamik quvurda 1000 soatdan ko‘proq sinalgan.     

E-Tron “virtual ko‘zgu” deb nomlanuvchi qurilma bilan savdoga chiqadigan ilk avtomobil bo‘ladi. Bunda odatiy orqani ko‘rish oynalari tasvirni mashina salonidagi ekranlarga uzatuvchi maxsus kameralar bilan almashtiriladi. Bunday tizim mijozlarga qo‘shimcha optsiya sifatida taklif qilinadi.

Foto: Audi

Avtomobil 120 km/soatdan ko‘proq tezlikda sozlanuvchi pnevmostoykalar evaziga 26 mm ga pasaya oladi. Mashina to‘liq quvvatlanishda 400 km dan ko‘proq masofa bosa oladi. 

Mashina dizayni Frankfurtda 2015 yil kuzida taqdim qilingan e-tron quattro’ni takrorlaydi. Mashinaning uzunligi 4,88 metrni, eni 1,93 metrni tashkil qiladi. Mashina yukxonasi sig‘imi 615 litrga teng.

Foto: Audi

Avtomobil taqdimoti joriy yilning 30 avgustida bo‘lib o‘tadi. Avtomobilga bosh raqobatchilar Jaguar I-Pace va Tesla Model X bo‘ladi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mashina narxi 66 ming yevroga yaqinni tashkil qiladi. Model Bryusseldagi zavodda yig‘iladi.

Foto: Audi

 

Ko‘proq yangiliklar: