Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qaror: “O‘zagroservis” “O‘zagrotexsanoatxolding” tashkiliy tuzilmasidan chiqariladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e'lon qilingan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini, yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (N.S.Otajonov) O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yil 17 noyabrdagi PQ–2658-son “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining “Avtosanoat Agrotexservis” MChJ va “O‘zagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish qismi bajarilmaganligi qat'iy ko‘rsatib o‘tildi.
“O‘zagroservis” AJ “O‘zavtosanoat” AJ va “Agrobank” ATB bilan birgalikda ikki oy muddatda “Avtosanoat Agrotexservis” MChJ va “O‘zagroservis” AJ mashina-traktor parklari tizimini optimallashtirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va optimallashtirishning barcha jarayonlarini 2018 yilning 1 oktabriga qadar yakunlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zavtosanoat” AJning:
2018 yil 1 iyuldan “O‘zagroservis” AJni “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqarish;
“O‘zagroservis” AJ ustav jamg‘armasidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJga tegishli bo‘lgan ulushni “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ ustav jamg‘armasini o‘tkazilayotgan ulushning balans qiymatiga kamaytirgan holda davlat tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJ bilan hamkorlikda ikki oy muddatda “O‘zagroservis” AJni “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning tashkiliy tuzilmasidan chiqishi bilan bog‘liq barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha:
“O‘zagroservis” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini, yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;
“O‘zagroservis” AJ bosh direktori jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi;
“O‘zagroservis” AJ bosh direktori o‘rinbosarlari jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
“O‘zagroservis” AJ ikki oy muddatda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zagroservis” AJ tashkilotlarining bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolari va inshootlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda ularni tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzdorliklarini tegishli ravishda kamaytirgan holda balans qiymati bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mashina-traktor parklarining “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar kafilligida taqdim etilgan kreditlari bo‘yicha majburiyat ta'minotini (kafillik, mol-mulk garovi) almashtirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

15:35
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

11:25 / 16.07.2025
Fuqarolarga ikkinchi oliy ta’lim olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi joriy qilinadi

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025