UzCard SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish haqida ma'lumot berdi

Iqtisodiyot 11:28 / 29.05.2018 8209

UzCard SMS-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish haqida ma'lumot berdi.

«So‘nggi paytlarda karta egalarimiz ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali mobil ilovalarga ulangan telefon raqamini qanday uzish mumkinligi to‘g‘risida  qiziqib, qator  savollar  bilan murojaat qilishmoqda», - deyiladi kompaniya xabarida.

Hozirda agar biron bir mobil aloqa operatori mijozi 3 oy davomida telefon raqamidan foydalanmasa, u holda mobil aloqa operatori avtomatik ravishda uni bloklab, yangi raqam egasi ixtiyoriga topshirishi mumkin. 

«Shu o‘rinda savol kelib chiqadi: agar telefon raqamining ilk egasi o‘z plastik kartasini  uning bloklanishidan avval  mobil telefon raqami orqali mobil ilovalarga ulagan bo‘lsa, u holda telefon raqamining yangi egasi ham mobil ilovalar orqali plastik kartadan foydalana olishi mumkinmi?», - deyiladi xabarda

Markaz mutaxassislari tomonidan shu kabi holatlarni bartaraf qilish uchun «Sms-xabarnoma xizmatini masofadan o‘chirish -STOP1» xizmati ishlab chiqildi.

Foto: uzcard.uz

«3 oy davomida ishlatilmagan mobil telefon raqami yangidan sotuvga chiqishidan avval, mobil aloqa kompaniyasi YaUPMga mobil raqam haqida ma'lumot yuboradi va unga biriktirilgan UzCard kartalarining sms-xabarnoma xizmati faolligini to‘xtatadi. O‘z navbatida, barcha to‘lov tizimlariga (mobil ilovalar va hokazo.) foydalanuvchilar parollarini to‘liq qayta tiklash funksiyasidan foydalanganlarida, kabinetga biriktirilgan kartaga oid ma'lumotlarni tozalash va to‘lov tizimida xavfsiz foydalanish darajasini oshirish tavsiya qilingan», - deya aniqlik kiritishdi kompaniyadan. 

«Xizmat mobil aloqa mijozlarining karta xavfsizligini ta'minlashda hamda raqam yangi mijoz ixtiyorida emasligiga ishonch hosil qilishda o‘z qulayligi bilan ajralib turadi», - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: