Jahon Banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki, O‘zbekistonda mikro va kichik biznesni kreditlashni kengaytirish maqsadida 80 milliard so‘mlik, ya'ni – 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi o‘zining inauguratsion obligatsiyasini chiqardi. Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O‘zbekistondagi dastlabki bitimdir.
“Samarqand”, deb nomlangan obligatsiya London fond birjasiga joylashtirildi. Ikki yillik obligatsiya rivojlanayotgan bozorlar uchun mo‘ljallangan aktivlarni boshqarish bo‘yicha Yevropa fondlari bilan birga joylashtirildi, mazkur bitim tashkilotchisi sifatida ING Bank ishtirok etdi.
Obligatsiyani realizatsiya qilishdan tushadigan daromadlar O‘zbekistonda yetakchi banklardan biri bo‘lgan «Hamkorbank» ATBni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi, bu esa bankni milliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirish salohiyatini oshiradi, natijada kichik biznes sub'yektlarini xorijiy valyutada qarz olish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning oldini olishga imkoniyat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning ta'kidlashicha, «Milliy valyuta so‘mdagi inauguratsiya obligatsiyalarini chet el investorlarda qiziqish uyg‘otganligidan mamnunmiz. Kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlashimiz O‘zbekistonda o‘zbek so‘midagi investorlar bazasini kengayishiga va xalqaro kapital bozorlarida valyuta profilini oshishiga olib keladi. Ushbu muhim kelishuvni amalga oshirishga katta yordam bergan IFCga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman».
«Milliy valyuta so‘mda denominatsiya qilingan obligatsiyalar bo‘yicha kelishuvda IFC bilan hamkorlik qilganimizdan xursandmiz» - deb ta'kidladi «Hamkorbank» ATB Kengash raisi Ikrom Ibragimov. «Bu, o‘z navbatida, mijozlarimizni milliy valyutada kreditlash imkoniyatlarini kengaytiradi hamda xorijiy valyuta tavakkalchiliklarini kamaytirishga olib keladi».
IFCning vitse-prezidenti va g‘aznachisi Jin-dun Xua ham “Bu IFC tomonidan kafolatlangan holda (Triple AAA) chiqarilgan O‘zbekiston tarixidagi birinchi obligatsiyadir. U kapital bozoridagi muhim innovatsiya bo‘lib hisoblanadi. Bu «Hamkorbank» ATBning xorijiy valyuta bilan bog‘liq tavakkalchiliklarini samarali tarzda hal qilishga ko‘maklashadi, natijada bankning kichik va o‘rta biznes sektori hamda tadbirkorlarni kreditlash qobiliyatini oshiradi”, deya ta'kidladi.
IFC – Jahon banki tarkibiga kiruvchi Jaxon bankining shu'ba korxonasi bo‘lib, rivojlanayotgan davlatlarning xususiy sektorlarini rivojlantirish bo‘yicha eng yirik global institut hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab 2 000 dan ortiq kompaniya bilan hamkorlik qiladi.
“Hamkorbank” ATB va IFC o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tarixi 2001 yildan boshlangan. Ta'kidlab o‘tish joizki, ko‘p yillik samarali hamkorlik natijasida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi 2010 yildan boshlab “Hamkorbank” aksioneri bo‘lib kelmoqda. Bank kapitaliga investitsiya va kichik biznesni moliyalashtirish yo‘nalishlarida 20.0 mln AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan kelishuvlar imzolangan. 2011 – 2014 yillar mobaynida IFC tomonidan kredit risklarini boshqarish, ichki nazorat, ichki audit, marketing va operatsion risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv yo‘nalishlarida, bankda agrokredit mahsulotini joriy qilish va rivojlantirish sohalarida bankka texnik ko‘mak ko‘rsatilgan. 2015 yilda bank filiallar tarmog‘ining samaradorligini oshirish va xodimlarni boshqarish tizimini yaxshilash yo‘nalishida texnik ko‘mak bo‘yicha shartnoma imzolangan va ushbu yo‘nalishlarda texnik ko‘mak ishlari davom etmoqda.
Bank axborot xizmati
E-mail: contact@hamkorbank.uz
Tel: +998 74 298 05 37
Reklama huquqi asosida.