Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi «Aloqabank»ning 22 foizini xarid qildi

Iqtisodiyot 11:51 / 28.05.2018 4561

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi «Aloqabank»ning 22 foizini xarid qildi. Bundan «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Bitim 24 may kuni tashkil etilgan birjadan tashqari bozorda yopildi.

Bitimdan so‘ng jamg‘armada bankning 620 ming dona aksiyalari mavjud, bu esa kompaniya umumiy aksiyalarining 22 foizini tashkil etadi.

Avvalroq, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bankning 50,77 foiz aksiyalarini xarid qilgandi.

«Aloqabank» 1994 yilda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: