Sooranboy Jeenbekovning yarim yillik prezidentlik faoliyatiga nazar

Jahon 00:41 / 25.05.2018 18504
Foto: Sochidagi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi, 14 may

Sooranboy Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti etib saylanganidan keyin o‘tgan olti oy nimalar bilan yodda qoldi? 24.kg nashri shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Qo‘shni mamlakatlarga tashrif

Prezident ilk uch oyni qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni yaxshilashga bag‘ishladi. Sooranboy Jeenbekov birinchi tashrifni Moskvaga, keyin esa Minskka amalga oshirdi, u yerda davlat rahbari Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan muhim muzokaralar o‘tkazdi. Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi muammolar to‘liq tartibga keltirildi.

Sooranboy Jeenbekov ilk rasmiy tashrifni O‘zbekistonga amalga oshirdi.

Foto: Sooronboy Jeenbekov O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida
prezident Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘izistonning «Danaker» ordenini topshirdi

Nursulton Nazarboyev mamlakatga taklif qilinganidan keyin Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq izga tushdi. Jeenbekov uni iliq qarshi olib, o‘zi ham Ostonaga borib qaytdi.

2017 yilning so‘nggi kunlarida Vladimir Putin MDHning barcha rahbarlari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Fevral oyida Sooranboy Jeenbekov Dushanbega parvoz qildi - bu safar ham tashrif taklif qilgan tomon tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi chegara delimitatsiyasi bo‘ldi. Hozircha aniq qarorga kelinmagan, biroq ishchi guruhlar faol muzokaralar olib borishmoqda.

Foto: 9-10 aprel kunlari Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrif

Aprel oyida prezident muzokaralarning xalqaro bosqichiga o‘tib, Turkiya hamda Belgiyaga yo‘l oldi. Turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan suhbat birga-bir formatida o‘tib, bir yarim soat davom etdi. Dolzarb masalalardan biri turk litseylari bilan bog‘liq vaziyat bo‘ldi.

Erdo‘g‘an yetarli darajada keskin fikr bildirdi: "Bugungi tashrif FETO xatti-harakatlariga eng yaxshi javob. Ular xalq oldida qonun bo‘yicha javob berishmas ekan, Turkiya kurashishda davom etadi. Qayerda bo‘lishmasin, ularni topib, adolat qo‘liga tutqazamiz. Bizning vazifamiz — bunday tashiklotlar xatti-harakatlarining oldini olish. Biz tor va keng doiradagi muzokaralarda shu haqida suhbatlashdik", - dedi Turkiya yetakchisi.

FETO Turkiya va Qirg‘iziston o‘rtasiga nizo solishga uringan.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

U Qirg‘iziston asosli ravishda FETO bilan jangga kirishadi. "Bu ishda biz unga yordam beramiz va qo‘llab-quvvatlaymiz", - degan Erdo‘g‘an.

Biroq Sooranboy Jeenbekov bu masalani chetlab o‘tishni ma'qul ko‘rdi va Turkiya prezidentining bayonotiga munosabat bildirmadi.

Yevroittifoq institutlarida QR prezidenti mamnuniyat bilan qabul qilindi. Yevrokomissiya rahbari Jan Klod Yunker hatto Qirg‘izistonni buyuk mamlakat deb atadi va uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni orzu qilishini aytdi.

Yevropa Ittifoqi institutlariga ishchi tashrif, Bryussel, 11-12 aprel

Oldinda Sooranboy Jeenbekovni ShHT yig‘ilishi doirasida Xitoyga tashrif kutmoqda. XXR elchisi Syao Tsinxua sirli pardani biroz ochdi: bu oddiy ishchi safaridan ortiqroq hodisa bo‘lishi kutilmoqda.

Jinoiy ishlar, qo‘lga olinganlar soni oshmoqda

Qirg‘iziston va Xitoy kredit vositalari loyihalarini amalga oshirishi kutilmoqda. IES modernizatsiyasi bo‘yicha mojarolar deputatlarni XXR qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshirilayotgan boshqa loyihalarni ham tekshirishga undadi.

Korrupsiyaga doir jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Poytaxt issiqlik markazi modernizatsiyasida qatnashgan, sarmoyachilar manfaatlarini ilgari surgan, ular bilan shartnoma tuzgan kishilarning bari gumon ostida. Ko‘p amaldorlar o‘z lavozimidan mahrum bo‘ldi, ba'zilari esa hatto hibsga olindi.

Sooranboy Jeenbekov korrupsiyaga qarshi keng qamrovli kurash haqida e'lon qildi. MXDQ, IIV va Bosh prokuratura kabi idoralar faoliyati tanqid qilingan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan keyin jamoatchilik va davlat amaldorlari "jonlanib qolishdi".

Uning so‘zlariga ko‘ra, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) so‘nggi ikki yilda ikki ming jinoiy ish qo‘zg‘agan. Ularning atigi 29 foizigina sudgacha yetib borgan. Sud esa o‘z navbatida MXDQ tergovchilari tomonidan ayblanuvchilari tomonidan ayblanuvchi kishilarning deryali yarmini oqlagan.

"Afsuski, Korrupsiyaga qarshi xizmat (KQX)ning ba'zi xodimlari daxlsiz. Xizmat formatini o‘zgartirish vaqti keldi. KQX xodimlarining egallab turgan lavozimiga qanchalik munosib ekanini qayta ko‘rib chiqish zarur".

Sooronbay Jeenbekov

Uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi. MXDQ Korrupsiyaga qarshi xizmat direktori Duyshenbek Chotkarayev iste'foga chiqarildi. Idorada kadrlar almashinuvi boshlandi. Yigirmadan ortiq xodim egallab turgan lavozimidan chetlatildi.

Do‘stlar fikri doim ham bir joydan chiqavermaydi

QSDPning mart oyidagi s'yezdida Almazbek Atamboyev yetakchi etib saylanganidan keyin do‘stlar fikri doim ham bir joydan chiqmasligi namoyon bo‘ldi. Sobiq prezident Sooranboy Jeenbekovni ochiqdan-ochiq qarindosh-urug‘larni himoya qilish va siyosiy irodasizlikda aybladi, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida boshqa nutq matni berilganini qayd etdi. Atamboyev unga matnlarni yaxshilab o‘rganib chiqishni tavsiya qilib, aks holda o‘zi dalillarni isbot sifatida e'lon qilishga majbur bo‘lishini ta'kidladi.

Sooranboy Jeenbekov tashabbusi ortidan Almazbek Atamboyev jamoasidagi oxirgi bosh vazir - Sapar Isakov hukumatdan chetlatildi

Jo‘qorg‘u Keneshda vaziyat taranglashdi. Oxir-oqibat deputatlar Sapar Isakovga ishonchsizlik votumini bildirishdi va uni sobiq bosh vazir mavqeidan mahrum qilishdi.

Yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish boshlandi. Hukumat rahbariyati to‘liq o‘zgardi. Muhammadqoliy Abilg‘oziyev o‘zi bilan birga uch yangi bosh vazir o‘rinbosarini olib keldi.

Sooranboy Jeenbekovning atrofida "o‘z odamlari" to‘plandi. Ernis Toltoyev uning yordamchisi bo‘ldi. Prezident apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib Dosali Esenaliyev tayinlandi. QR bosh prokurori almashdi, bu lavozimga O‘tkurbek Jamshitov munosib ko‘rildi. Oybek Oziranqulov prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Oxirgisidan tashqari hammasi Jeenbekov tug‘ilgan O‘sh viloyatidan.

Cho‘zilgan islohot

QR prezidentining sud islohotlari bo‘yicha ilk kengash yig‘ilishi, 17 may

Prezident sudni ham qayta isloh qilishga kirishdi, biroq ishni sudyalarni iste'foga chiqarishdan boshlashgacha hech botina olishmayapti.

Sooranboy Jeenbekov sudyalar bilan bog‘liq korruptsion dalillardan tashvishda. Ular haqida xalqning o‘zi prezidentga xabar yetkazmoqda. "Murojaatlarning 70 foizi shu muammoga bag‘ishlangan. So‘nggi yil ichida ko‘p ish qilindi, kodekslar va qonunlar qabul qilindi. Biroq sur'atlar jamoatchilik kutganidan past darajada", - dedi QR rahbari Kengashning sud islohotlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida.

U qanday bo‘lmasin, xalqning sudlarga bo‘lgan ishonchini qaytarish zarurligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: