Isroil hukumati yig‘ilishlari maxfiy yer osti bunkeriga ko‘chirildi

Foto: A.Parush
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan ziddiyat avj olgan bir vaziyatda hukumatning harbiy-siyosiy mahkamasi yig‘ilishlari o‘tkazilishini maxfiy yer osti bunkeriga ko‘chirishga qaror qildi. Bu bunkerda inqirozli vaziyatlarni boshqarish milliy markazi joylashgan.
NEWSru Israel nashrining ma'lum qilishicha, hukumatning tor tarkibdagi oxirgi ikkita yig‘ilishi ushbu bunkerda bo‘lib o‘tgan. Ta'kidlanishicha, yaqin 4 ta yig‘ilishni ham yer ostida o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Xadashot 10” nashri muxbiri Barak Ravidning ma'lum qilishicha, yig‘ilishlarning maxfiy bunkerga ko‘chirilishiga ma'lumotlarning chetga chiqib ketishiga qarshi kurash sabab bo‘lgan. Axios.com saytida ta'kidlanishicha, Isroil hukumati a'zolari mamlakatning Eron va Suriya bilan bog‘liq amaliyotlari haqidagi ma'lumotlar chiqib ketishidan ayniqsa xavotirlanishmoqda.
Bunkerga chekli sondagi kishilar kira oladi, misol uchun, u yerga vazirlar yordamchilari kira olmaydilar. Yig‘ilish o‘tayotgan joydan mobil aloqa bor joygacha yetib borish uchun esa 15 daqiqa talab etiladi.
Isroil bosh vaziri devonxonasida bu axborotga izoh berilmagan.
Mavzuga oid

13:23
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025