Respublikani obodonlashtirish va kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qancha pul ajratilgan?

Iqtisodiyot 10:30 / 22.05.2018 9976

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan hududlarni obodonlashtirish va uy-joy kommunal xizmatlarni rivojlantirish ishlari, xususan, hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini ta'minlash hamda shahar/tumanlarni obodonlashtirish maqsadida davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan 2018 yilda jami 1 316 888,1 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, respublikaning shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarida mavjud shtat birliklari 54 090,0tani tashkil etadi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shulardan:

- shaharlar va tumanlar hududlarida obodonlashtirish boshqarmalarida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun 694 229,4 mln so‘m mablag‘lar ajratilgan;

- O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 24 apreldagi 2922-sonli «2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan jami 69 440,0 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, shundan, Toshkent shahridagi ko‘p xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini ta'mirlash va almashtirish ishlari uchun 22 440,0 mln so‘m hamda, shahar va tumanlardagi ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlariga 47 000,0 mln so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Prezidentning 2017 yil 4 maydagi 2954-sonli «2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2018 yil Davlat byudjyeti parametrlarida mahalliy hokimliklar balansida bo‘lgan tik quduqlar va ochiq/yopiq kollektorlarni mukammal ta'mirlash ishlari uchun 20 207,4 mln so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi 68-sonli «Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va shaharlarda tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari uchun 43 616,2 mln so‘m mablag‘lar ko‘zda tutilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari balansida bo‘lgan ichki yo‘llarni ta'mirlash tadbirlariga 191 075,6 mln so‘m ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi ish haqi to‘lovlarining to‘lanish ahvoli bo‘yicha axborot bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: