Nyu-York fond birjasiga 226 yil ichida ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

Iqtisodiyot 20:30 / 22.05.2018 1763

Nyu-York fond birjasiga uning 226 yillik tarixi davomida ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi. Bu lavozimga Steysi Kanningem tayinlangan. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) ma'lum qildi. 

Hozirda Kanningem birjaning ijrochi direktori lavozimini egallaydi. U birjaning 67-prezidenti bo‘ladi va Tomas Farlining o‘rnini egallaydi. Kanningem ushbu lavozimni bajarishga rasman 25 may kuni kirishadi. 

43 yoshli Kannigem birjadagi faoliyatini 1994 yilda stajyor sifatida boshlagan. O‘sha kezda birjada 1300 erkak va bor-yo‘g‘i 30 ayol ishlagan.

Nyu-York fond birjasi 1792 yilda tashkil topgan. Uning Uoll-stritdagi ofisida har kuni 4 mingdan ko‘proq kompaniya aksiyalari bilan savdo qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: