Ukrainada 37 nafar maktab o‘quvchisi gazdan zaharlanib shifoxonaga tushdi

Jahon 18:26 / 21.05.2018 3549

Nikolayev (Ukraina)da 37 nafar bola zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizildi, ularning ikki nafari intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirildi. TASS axborot agentligi Nikolayev viloyati ma'muriyati bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi

"6-sonli maktabda noma'lum modda ta'sirida zaharlanish natijasida 37 nafar bola shifoxonalarga joylashtirildi, ulardan 2 nafari jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda", - dedi agentlik manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda yo‘tal, tomoq qurishi, ko‘z yoshlanishi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kuzatilgan. Ma'muriyat rahbari o‘rinbosari Yevgeniy Shevchenkoning ma'lum qilishicha, ayni damda bolalar hayotiga jiddiy xavf yo‘q.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga ko‘ra, "o‘tkir hidli noma'lum aerozol sepilgandan keyin 400 nafarga yaqin o‘quvchi evakuatsiya qilingan". O‘quv muassasasi hududida kimyoviy-radiologik laboratoriya mutaxassislari ish olib borishmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum gaz maktabning ikkinchi qavatida sepilgan. "Modda "Cheremuxa" ballonidagi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazga o‘xshamoqda. Shunday bo‘lsa-da, biz mutaxassislar xulosasini kutyapmiz", - deyishdi kantselyariyada. 

Ko‘proq yangiliklar: