Toshkentda Lacetti uchun «shapka» olmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Jamiyat 21:16 / 21.05.2018 12215

SVOJJDLQK departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 2018 yil 19 may kuni tezkor tadbir o‘tkazilib, tadbirda Chilonzor tumanida joylashgan “Avtotexxizmat” MChJ xodimlari K. va B. “Lacetti” rusumli avtomashina sotib olish uchun avtomashinaga shartnoma olib berish evaziga fuqaro V.A.dan 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan departamentning Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan “Avtotexxizmat” MChJ xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtosalonlardan birining direktori qo‘lga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: