Shvetsiya qatorasiga ikkinchi marotaba xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi 

Sport 09:11 / 21.05.2018 6973

Xokkey bo‘yicha Shvetsiya terma jamoasi Daniyada o‘tgan jahon chempionatining finalida Shveytsariya ustidan bullitlar seriyasida 3:2 hisobida g‘olib bo‘ldi. 

Shvedlar shu tariqa qatorasiga ikkincha marotaba jahon chempioniga aylandilar. 2017 yilgi chempionat finalida ham terma jamoa bullitlar seriyasida kanadlarni mag‘lub eta olgandi.

Shvetsiya umuman olganda 11 marta jahon chempioni bo‘lgan. Undan ko‘proq chempionlikni Chexiya (12 marta), Kanada (26) va Sobiq ittifoq/Rossiya (27) qo‘lga kirita olgan. 

Shuningdek, 3-o‘rin uchun bahsda AQSh 4:1 hisobida Kanadani mag‘lub etdi. 

Ko‘proq yangiliklar: