Sanoat akkumulyatorlari ishlab chiqarish bo‘yicha MDHdagi yagona korxona O‘zbekistonda joylashgan

Iqtisodiyot 11:57 / 21.05.2018 7906

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Energiya, energiya ta'minoti va muqobil energiya manbalari” 13-Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Exenergy” markasi ostida sanoat akkumulyatorlari ishlab chiqaruvchi korxona taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

“Xalq so‘zi”ning yozishicha, mazkur zavod MDH davlatlari ichida yagonadir. Korxona sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘zida mujassamlashtirgan. 

Qayd etilishicha, ushbu zamonaviy sanoat tarmog‘i muqobil energetika va qayta tiklanuvchi energiya, quvvat va telekommunikatsiyaning zaxira manbalarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy sohalardagi energiya samaradorligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: