Rossiya O‘zbekistonga burg‘ilash uskunalarini yetkazib beradi

Iqtisodiyot 11:57 / 21.05.2018 7365

Rossiyaning Qabardin-Bolqor respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan keldi.  Safar doirasida mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B. Islomov, “O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi B. Zaripov, boshqa rasmiylar bilan uchrashdi.

Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. Uchrashuvlarda sanoat korxonalari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilgan.

Xususan, “Terekalmaz” AJ vakillari O‘zbekistonga burg‘ilash qurilmalari yetkazib berishda o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha uzoq muddatli bitim imzolagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: