Prokuratura tomonidan 4 oyda nechta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazildi?

O‘zbekiston 19:23 / 21.05.2018 10188

Prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirishda qonuniylikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jumladan, 2018 yilning 4 oyida prokuratura organlari tomonidan 1867 (2445)ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 578taga (23,7%) kamaygan. Shundan 2337 (3463) nafar shaxsga nisbatan 1518 (2197)ta jinoyat ishi sudga yuborilib, o‘tgan yilga qaraganda 679taga (31%) kamaygan.

Shu davrda 315 (249)ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 222 (152)tasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandi (ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmagan), 86 (90)tasi shu moddaning 1-qismi 2-bandiga (ayblanuvchining qayerda ekanligi noma'lum bo‘lgan) asosan to‘xtatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,7 (11,3) foizini tashkil etadi.

Bundan tashqari, hisobot davrida 349 (248)ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 163 (145)tasi JPKning 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar), 186 (103)tasi 84-moddasiga (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) asosan tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 18,6 (10,1) foizini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura 51 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: