Olmaotadagi daryo qizil rangga kirdi

Jahon 19:40 / 21.05.2018 29924

Qozog‘istondagi Katta Olmaota daryosi qizil rangga kirdi, deya xabar beradi Sputnik Qozog‘iston.

Olmaota shahri jamoatchilik salomatligini muhofaza qilish departamenti rahbari Ayzat Moldagasimovaning aytishicha, kuni kecha favqulodda vaziyat sharoitida shunga doir xabar berilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda daryoning tabiiy rangi qaytgan.

"Shunday bo‘lsa-da, biz barcha tumanlardagi suvlarni nazorat qilyapmiz. O‘ylashimcha, kun oxirigacha suvning sanitar-kimyoviy tarkibiga doir ma'lumotlar taqdim etiladi, uch kun davomida esa suvning baktereologik tarkibi ma'lum bo‘ladi", - qo‘shimcha qildi u.

 

Ko‘proq yangiliklar: