Nadal Rimda sakkizinchi sovrinni yutib oldi va o‘z rekordini yangiladi

Sport 08:53 / 21.05.2018 2505

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Rimdagi «Masters» finalida Aleksandr Zverevni 6:1, 1:6, 6:3 hisobida taslim etdi. Nadal bu musobaqada faoliyatidagi sakkizinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi, shuningdek, bu 2013 yildan beri birinchi marta ro‘y berdi.

Endilikda, ispaniyalik raketka ustasi hisobida 78ta sovrin bor, hamda u Ochiq erada (1968 yildan so‘ng) yakka tartibdagi sovrinlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan oldinda faqat Ivan Lendl (94), Rojyer Federer (97) va Jimmi Konnors (109).

Rimda Nadal «Masters» seriyasidagi 32-sovrinni yutib oldi va o‘z rektorini yangiladi. Endi ikkinchi o‘rinda borayotgan Rojyer Federer bilan farq ikkita sovrinni tashkil qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: