Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q “Qorabayir otchilik majmuasi” faoliyatiga start berildi

O‘zbekiston 14:04 / 21.05.2018 13576

Prezident  Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 24 fevralida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida bildirgan tashabbusi asosida Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q “Qorabayir otchilik majmuasi” davlat unitar korxonasi tashkil qilinib, uning faoliyatiga start berildi. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘shanda davlat rahbari O‘zbekistonning milliy iftixori sanalgan qorabayir otlari va o‘zbek o‘g‘lonlarining chavandozlik xususiyatlariga alohida to‘xtalgan. 

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida zamonaviy, Markaziy Osiyoda muqobili yo‘q “qorabayir” otlari milliy naslini ko‘paytirish va boqishga yo‘naltirilgan majmuaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Majmua maydoni yashil zona, mikroiqlim tizimi bilan ko‘kalamzorlashtirilgan. Besh gektardan ortiq xududda 200 ta otga mo‘ljallangan otxona jonivorlarni sifatli parvarish qilish uchun barcha kerakli ashyolar bilan jihozlangan. Bu yerda barcha talablarga javob beruvchi veterenar bloklari, cho‘milish xonalari, og‘ilxona mavjud. Ochiq va yopiq manejlar mashg‘ulotlar, milliy va xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan. Majmuada otlarni yurgizish uchun mo‘ljallangan maxsus qumli va suvli moslama mavjud. Yosh otlar uchun keng qo‘ra ham bor.

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Bayram tadbiri guvohlariga aylangan mehmonlar, ot sporti ishqibozlari 19 may kuni 500 o‘ringa mo‘ljallangan tribunadan musobaqani tomosha qilib, zavqlanishdi, bu yerdan nafaqat butun ochiq maydon ajoyib ko‘rinishini, balki “Qorabayir otchilik majmuasi” unitar korxonasi maydonini ham ko‘zdan kechirish mumkin. 

Tadbir doirasida O‘zbekistonning eng yaxshi sportchi konkurchilari bu sport turiga xos tomoshaboplik va qizg‘inlikni namoyon etishdi. Tomoshabinlar chiqishlardan katta zavq olishdi, har bir chavandozni qarsaklar bilan kutib olishdi va ularni qo‘llab-quvvatlab turishdi. 
Klassik konkur g‘olibi yosh sportchilardan biri O‘tkir Ismoilov bo‘ldi, u Reys laqabli ot bilan ishtirok etdi. 

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Sakrash quvvati konkurida g‘alabani xalqaro toifadagi sport ustasi, ot sporti faxriysi Ibragim Yuldashev Lou Loveret laqabli otda qo‘lga kiritdi. 

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Tomoshabinlar olqishi sovrini sportchi, sport ustasi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti Baxrom Gaziyevga topshirildi. 

Yangi zavod ochilishi marosimi va to‘siqlarni yengib o‘tish musobaqalarining hurmatli mehmonlari va ishtirokchilari Xalqaro ot sporti federatsiyasi veterenar delegati, Rossiyaning ot yo‘rttirish bo‘yicha terma jamoasi veterenar shifokori Yevgeniy Gorovoy, Xalqaro ot sporti federatsiyasi mintaqaviy guruhi rahbari o‘rinbosari Ramin Shafiy, shuningdek “Ashqan Equestrian Equipment” kompaniyasi prezidenti Ashkan Haqiqiy bo‘lishdi. 

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Umid qilamizki, yaqin orada bu joy nafaqat mamlakat yilqichilari va ot sporti ishqibozlari, balki xushqad jonivorlarni qadrlovchi, auksionlar, nufuzli musobaqalar, tarmoqning tantanali tadbirlari, ilmiy tadqiqotlar, sohaning yetakchi vakillari bilan ishchan uchrashuvlarda ishtirok etishga qiziquvchi insonlarni ham o‘ziga tortuvchi maskanga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: