Maktabgacha ta'lim vazirligi «Qo‘lingda imkon» musiqaviy videoklipini suratga oldi

O‘zbekiston 18:04 / 21.05.2018 8628

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan «Qo‘lingda imkon» nomli musiqaviy videoklipni namoyish etadi va ijtimoiy loyihani amalga oshiradi.

«E'tirof» Davlat mukofoti laureati, bastakor Shuhrat Zokirov qo‘shiqni bastalagan bo‘lsa, qo‘shiq musiqasi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri tomonidan ijro etildi. Qo‘shiq matnini esa Shoira G‘iyosova yozdi. Ushbu qo‘shiqni O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, o‘zbek estradasi yulduzlari Shahzoda, Lola, Ulug‘bek Rahmatullayev, Shahriyor va «Bulbulcha» bolalar xori ijro etdi.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

- Bizning bolalarimiz bugun qanday qaror qabul qilishlari va biz ularga erta yoshidan o‘rgatganlarimiz, ularning va yurtimizning kelajagini belgilab beradi. Va ushbu narsalarga erishishda ularga ko‘mak berish – bu bizning umumiy vazifamizdir, – dedi loyiha g‘oyasini izohlar ekan Maktabgacha ta'lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Ushbu klipni suratga olish jarayonida 300dan ortiq kishi ishtirok etdi. Ular orasida «Tomosha», Monster kids, «Aladdin» bolalar ansambllari, «Paxtakor» bolalar futbol klubi, bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar, boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari Shahram G‘iyosov va Xasanboy Do‘stmatov, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik opera va balet Katta teatri balerinasi Nodira Hamroyeva, Global Soccer Awards xalqaro tanlovining «Yilning eng yaxshi hakami» nominatsiyasi g‘olibi Ravshan Ermatov, taniqli futbolchi va Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi hujumchisi Sardor Rashidov, «Bunyodkor» klubi futbolchilari va boshqa taniqli san'atkor hamda aktyorlar ishtirok etishgan.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati

Klip ssenariysi muallifi va rejissyori Lola Yo‘ldosheva, tasvirchi operator – Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor – Sanjar Madkarimov. Badiiy rassom – Baxritdin Shamsutdinov, liboslar bo‘yicha rassom – Hilola Sher.

Ko‘proq yangiliklar: