Italiyada yevrokuboklarga yo‘llanma olgan va ligani tark etadigan jamoalar aniq bo‘ldi

Sport 11:59 / 21.05.2018 6240

Italiya chempionatida 2017-18 yilgi mavsum yakunlandi.

Oxirgi turda «Yuventus» «Verona»ni (2:1), «Napoli» «Krotone»ni (2:0), «Roma» «Sassuolo»ni (1:0), «Inter» «Latsio»ni, «Milan» esa «Fiorentina»ni (5:1) mag‘lub etdi (3:2).

Rimda «Latsio» va «Inter» o‘rtasidagi bahs YeChL o‘rni uchun kurash edi. Birinchi bo‘limdan keyin 2:1 hisobida oldinda borgan mezbonlar ikkinchi bo‘lim oxirida ikki gol o‘tkazib yubordi va natijada jamoalarning ochkolari teng bo‘lib qoldi - 72tadan. A Seriya qoidalariga ko‘ra, bunday holatda o‘zaro uchrashuvlarga qaraladi va shu boradagi ustunlik evaziga milanliklar yuqoriroqda turadigan bo‘ldi. Bu esa jamoa keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishini anglatadi.

38 tur natijalariga ko‘ra, keyingi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida, Yevropa Ligasida ishtirok etadigan, shuningdek, V Seriyaga yo‘l oladigan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.
Chempionlar Ligasi: «Yuventus», «Napoli», «Roma», «Inter»;
Yevropa Ligasi: «Latsio», «Milan», «Atalanta» (bergamoliklar saralash bosqichida ishtirok etadi);
A Seriyani tark etdi: «Krotone», «Verona», «Benevento».

Yakuniy turnir jadvali

Ko‘proq yangiliklar: