«Yenisey» va «Amkar» kelasi mavsumni RFPLda o‘tkazadi

Sport 09:44 / 21.05.2018 2361

«Amkar» RFPLda ishtirok etishni davom ettiradi.

Perm klubi o‘tish uchrashuvi javob o‘yinida ham «Tambov»ni mag‘lub etdi (1:0, 2:0 – birinchi o‘yin) hamda premer-ligadagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi.

Tambov jamoasi kelasi mavsumni FNLda o‘tkazadi.

Foto: FC Amkar

Bundan tashqari, Rossiyaning «Yenisey» klubi kelasi mavsumda premer-ligada to‘p surish huquqini qo‘lga kiritdi.

Krasnoyarsk klubi ikkita o‘tish uchrashuvi yakunlari bo‘yicha «Anji»ni taslim etdi, umumiy hisob - 6:4 (3:4, 3:0 – birinchi o‘yin).

Dmitriy Alenichev jamoasi o‘z tarixida birinchi marta RFPLda to‘p tepadigan bo‘ldi. «Yenisey» FNL joriy mavsumida 38 o‘yinda 81 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: globallookpress.com

 

Ko‘proq yangiliklar: