Bokschi Tayson Fyurining ringga qaytganidan keyingi ilk raqibi ma'lum bo‘ldi  

Sport 10:06 / 21.05.2018 8443

Taniqli britaniyalik bokschi Tayson Fyurining ringga qaytganidan keyingi ilk raqibi ma'lum bo‘ldi. Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni 9 iyunda Manchesterda albaniyalik Safar Safariy bilan jang o‘tkazadigan bo‘ldi.   

39 yoshli Safariyning hisobida 23 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. Albaniyalik faoliyatining katta qismida birinchi og‘ir vaznda ishtirok etgan.

Fyurining hisobida esa 25 ta jangdan 25 ta g‘alaba bor. Bokschi oxirgi jangini 2015 yil noyabrda Vladimir Klichkoga qarshi o‘tkazib, unda g‘alaba qozongandi.

Foto: BoxRec

 

Ko‘proq yangiliklar: