Bloomberg: Xitoyda oiladagi farzandlar soniga cheklovlar bekor qilinmoqchi

Jahon 20:52 / 21.05.2018 4559

Xitoyda 2018 yil yoki 2019 yilda oiladagi farzandlar soniga cheklovlar bekor qilinmoqchi.

Ta'kidlanishicha, Xitoy davlat kengashi 1979 yilda joriy qilingan “Bir oila – bir farzand” cheklovining oqibatlarini baholashga ko‘rsatma bergan. Axborot agentligi manbalarining aytishicha, Xitoy hukumati shu yo‘l bilan aholining qarishini sekinlashtirmoqchi va xalqaro tanqidlarga chek qo‘ymoqchi. 

Xitoyning iqtisodiy islohotlar jamiyati vitse-prezidenti Chen Tszyanning aytishicha, tug‘ishga cheklovlarning bekor qilinishi mamlakatdagi demografik vaziyatga kam ta'sir qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: