Beeline radioaloqa normalarini buzganligi uchun 26,9 mlrd so‘m to‘ladi

O‘zbekiston 17:47 / 21.05.2018 15488

Beeline Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazorati inspeksiyasining da'vo arizasi bo‘yicha 26,9 mlrd so‘m miqdorida jarima to‘ladi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqa operator - Ucell (Shvetsiya-Finlyandiyaning Telia Company sho‘'basi) ham jarimaga tortildi, u 17 mlrd so‘m to‘lashga majbur bo‘ldi.

«Bu ishda nafaqat Xalqaro elektroaloqa ittifoqi pozitsiyasiga e'tibor qaratilmagani, balki O‘zbekistonning ko‘p yillik huquqni qo‘llash amaliyoti ham chetda qolganiga qaramay, bizning kompaniya sud qarorini o‘z vaqtida vijdonan bajardi. Albatta, biz bozor ishtirokchilariga nisbatan kuzatilayotgan ajratish yo‘lidan hafsalamiz pir bo‘ldi, bunda xorijiy sarmoyadorlar - Beeline va Ucell - davlat operatorlarining xuddi shunday jarimalaridan 40 barobarga ko‘p bo‘lgan sanksiyalarga uchramoqda», - deya ma'lum qildi Unitel (Beeline savdo markasi) bosh direktori Dmitriy Shukov. 

Davlat inspeksiyasi har ikki kompaniyani ham radioaloqa normativlariga rioya etmaganlik, aynan esa – radiouzatgichlarning bo‘sh turgani uchun jarimaga tortdi. Operatorlar bunday xizmatlarni taqdim etmasliklarini tasdiqlaganlar.

«Uyali aloqa kompaniyasiga umuman boshqa turdagi – radioaloqa, televideniye va radiouzatishdagi sifat normativlarini qo‘llash bo‘yicha, XEI tushuntirishlariga qaramay, misli ko‘rilmagan holda bizni umuman xursand qilmayapti», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Shukov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tartibga soluvchi idoraning harakatlarini taxmin qilish mushkul bo‘lib bormoqda, bu ham «optimizmni yo‘qqa chiqaryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Beeline bilan interkonnekt bo‘yicha ishda sud UMS tomonini olgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: