Armanistonning yangi hukumati qasamyod keltirdi

Jahon 20:31 / 21.05.2018 5648

21 may kuni Armanistonning yangi hukumati a'zolari mamlakat konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilgan holda o‘z majburiyatlarini bajarishga tantanali ravishda qasamyod keltirishdi. Tadbir prezident qarorgohida o‘tgan.

Armaniston hukumati a'zolari mamlakat mustaqilligi tarixida ilk bor qasamyod keltirdilar. 

12 may kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning takliflariga ko‘ra yangi vazirlar mahkamasini batamom shakllantirdi. Unga asosan Pashinyanning yosh safdoshlari kirgan. Yangi hukumat a'zolarining o‘rtacha yoshi 40 dan kamroqni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: