AQSh Eronga «dahshatli» moliyaviy bosim bilan tahdid qildi

Jahon 19:09 / 21.05.2018 10154

AQSh Eronga misli ko‘rilmagan moliyaviy bosim o‘tkazadi. Bu ushbu davlatda yadro quroli hamda uni yetkazish vositalari paydo bo‘lmasligi uchun qilinadi, deb ma'lumot berdi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.

"Biz Eron rejimiga misli ko‘rilmagan moliyaviy bosim o‘tkazamiz. Eron yetakchilarida bizning maqsad jiddiy ekani borasida hech qanday shubha bo‘lmaydi", - deya ma'lum qilgan Pompeo Vashingtondagi Heritage Foundation’da chiqish qilib.

Uning eslatishicha, AQShning xalqaro hamjamiyat va Eron o‘rtasidagi “yadroviy bitim”dan chiqqanidan so‘ng, eski sanksiyalar tiklanadi va yangilari joriy etiladi.

Shuningdek, Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, AQSh Erondan Suriyadagi barcha kuchlarni olib chiqib ketishni talab etmoqda.

"Eron Suriyaning butun hududidan o‘z qo‘mondonligi ostidagi barcha kuchlarni olib chiqib ketishi kerak", - deya aytib o‘tgan Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron yadroviy bitimga rioya etish shartini ma'lum qilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: