Jahon | 18:24 / 20.05.2018
7289
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko MDH doirasida imzolangan bitimlardan chiqishga va'da berdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina mamlakat milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan MDH doirasida imzolangan shartnomalardan chiqadi. Prezident Petr Poroshenko siyosiy repressiyalar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar vaqtida shunday bayonot berdi, deyiladi Ukraina prezidentining rasmiy saytida.

"Ukraina MDHni imperiyadan madaniyatli ajralish jihozi sifatida ko‘rgan. Rossiyaning aybi bilan madaniyatli ajralishning uddasidan chiqilmadi. Moskva hamdo‘stlikni eski ittifoq  davridagidek yangilangan imperiyaga aylantirishga harakat qildi", - dedi Poroshenko.

"Endi esa Ukraina MDH doirasida tuzilgan barcha xalqaro shartnomalarni diqqat bilan qayta ko‘rib chiqadi va milliy manfaatlarga oz bo‘lsa-da to‘g‘ri kelmaydiganlaridan chiqadi", - ta'kidladi u.

Shuningdek Poroshenko o‘zining tarixiy missiyasiga doir tushunchasi bilan o‘rtoqlashdi: "Ukrainani Rossiya imperiyasi tomon yetaklovchi halokatli xavfli zonadan olib chiqish".

Mavzuga oid