Rosaviatsiya JCh-2018 ishtirokchi shaharlari uzra parvozlarni chekladi

Sport 18:52 / 19.05.2018 6538

Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi vaqtida Rosaviatsiya musobaqani o‘zida qabul qiluvchi shaharlar uzra parvozlarni cheklaydi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar berdi.

«Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatini qabul qiluvchi shaharlar, shuningdek, jamoalar dam olish bazalari va mashg‘ulot maydonchalari uzra havo hududidagi xavfsizlik choralarini kuchaytirish doirasida, Rossiya Transport vazirligining tegishli buyruqlari bilan qo‘shimcha taqiq zonalari va parvozlarni cheklash zonalari o‘rnatildi», - deya xabar bergan idora matbuot xizmati.

Aviakompaniyalarga cheklovlarga tushgan hududlar uzra parvozni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina prezidenti iqtisodiy inqiroz tufayli jahon chempionatiga bora olmasligi ma'lum qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: