Poroshenko Ukraina vakillarini MDHning barcha ustav organlaridan chaqirtirib oldi

Jahon 18:37 / 19.05.2018 10149

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning xabar qilishicha, Ukraina vakillarini MDHning barcha ustav organlaridan ortga chaqirtirib olish haqidagi farmonni imzolagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bugun Ukraina vakillarini MDHning barcha ustav organlaridan ortga chaqirtirib olish haqidagi farmonni imzoladim», - deya ma'lum qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko mamlakat Qrim ko‘prigidan Kuban bilan aloqalar uchun «foydalanish» niyatida ekanini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarga Qrim ko‘prigi «chekinishi uchun yo‘l sifatida» kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: